Reanimasiya bo‘limidan video! Shifokorlar koronavirusga chalingan bemor uchun kurashmoqda

Reanimasiya bo‘limidan video! Shifokorlar koronavirusga chalingan bemor uchun kurashmoqda

Buyuk Britaniyada shifokorning koronavirus oqibatida reanimasiyaga tushib qolgan bemorning hayoti uchun kurashgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Video BBC News tomonidan nashr etilgan.

Ta’kidlanishicha, muxbir reanimasiya bo‘limiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. U shifokorlar holatini oldingi safdagi jangchilar bilan taqqoslaydi. Shifokorlarning o‘zlari misli ko‘rilmagan mas’uliyat, bosim haqida gapirishmoqda va shu bilan birga, epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisi hali ham o‘tmaganligini ta’kidladilar.

Shifokorlardan birining ta’kidlashicha, aslida, asosan yoshi kattaroq va surunkali kasalliklarga chalinganlar virusga yo‘liqadi, deb o‘ylardi. Aslida, butunlay boshqacha bo‘lib chiqdi. Videodagi shifokorlar, shuningdek, ushbu kasallikni kamaytirish bo‘yicha hukumat tavsiyalarini tinglash lozimligini qayd etishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!