"Real" Vinisiusga "maxsus" shartnoma berdi

"Real" Vinisiusga "maxsus" shartnoma berdi

Madridning «Real» klubi jamoa vingeri Vinisius Juniorga yangi shartnoma taklif etdi, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvda klubning bosh ijrochi direktori Xose Anxel Sanches va bosh skauti Xuni Kalafat braziliyalik futbolchi tomoniga yangilangan shartnoma loyihasini taqdim etgan. Ushbu taklif Vinisiusning jamoa va klub loyihasida tutgan o‘rnini aks ettirishi aytilmoqda. Aniq moliyaviy ko‘rsatkichlar oshkor etilmagan, muzokaralar esa yaqin kunlarda davom etishi kutilmoqda. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liq.

Vinisiusga yaqin manbalar muzokaralar juda ijobiy ruhda o‘tganini ta’kidlamoqda.

Avvalroq futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Vinisius 2018 yil yozidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalar doirasida 375 ta o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hozirgi amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги м