"Real" supertransferga hozirlik ko‘rmoqda

"Real" supertransferga hozirlik ko‘rmoqda

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunyes faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Defense Central.

Nashrning yozishicha, Madrid klubi urugvaylik hujumchining transferi bo‘yicha so‘rov bilan chiqish niyatida. "Real Madrid" rahbarlari ehtimoliy kelishuvga juda qiziqmoqda. Nunyes "Liverpul"ga 2022 yilning yozida "Benfika"dan 75 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. 23 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsumda ingliz klubi safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining narxi 70 million yevroga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!