«Real» Ronalduni ortga qaytaradimi?

«Real» Ronalduni ortga qaytaradimi?

Madridning «Real» klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning ehtimoliy qaytishi borasidagi rejalarini e’lon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Xose Feliks Diasning yozishicha, «qirollik» klubi rahbariyati 37 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor emas.

Ronaldu hozirgi jamoasi «Manchester Yunayted»ni tark etishga yaqin turibdi. Yaqinda portugaliyalik shov-shuvli intervyu berib, klub xo‘jayinlari va jamoa ustozi Erik ten Xagni tanqid qilgandi.

Bu so‘zlar rahbariyatni g‘azablantirdi va KriRo bilan shartnomani bekor qilish jarayoni boshlandi.

Krishtianu bu mavsum omadsizlikka uchrayapti. U «qizil iblislar» safida 16 ta o‘yinda atigi 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!