"Real" "Manchester Yunayted" superyulduzini sotib olmoqchi

"Real" "Manchester Yunayted" superyulduzini sotib olmoqchi

"Real" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Record.

Madrid klubi "Manchester Yunayted"dagi vaziyatdan norozi bo‘lgan 28 yoshli portugaliyalik bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda.

Fernandeshning ingliz klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Brunu joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!