"Real" futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Real" futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Madridning “Real” klubi braziliyalik himoyachi Eder Militao bilan shartnomani 5 yilga uzaytirdi. Bu haqda insayder Neytan Gissing xabar berdi.

“Qaymoqranglilar” “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan Chempionlar ligasi finalidan keyin tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olishganini ma’lum bo‘lgandi.

24 yoshli markaziy himoyachi "Qirollik klubi"ga 2019 yilning iyul oyida kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi o‘tgan mavsumda "Real" safida La Ligada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!