Rasmiy munosabat: Piyoda yurish aksiyasida koronovirus kasalligi aniqlangan hududdan hech kim ishtirok etmagan

Rasmiy munosabat: Piyoda yurish aksiyasida koronovirus kasalligi aniqlangan hududdan hech kim ishtirok etmagan

Joriy yilning 25 may kuni Izboskan tumanida o‘tkazilgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan “Sog‘lom xayot uchun 5000 qadam” piyoda yurish aksiyasi yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi:

Izboskan tumanida o‘tkazilgan aksiya karantin tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda, tuman Davlat sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislarining maxsus nazorati ostida tashkil etilgan. 

Bundan tashqari, aksiya o‘tkaziladigan hududda, aksiya boshlanishidan oldin  zararsizlantirish ishlari olib borilgan. 

Tadbir avvalida barcha aksiya ishtirokchilarini maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, antiseptik vositalari bilan dezinfeksiya qilingan holda ishtirok etishga ruxsat berilgan. 

2020 yil 24 may kuni tumanning “Jonobod” MFY hududida yashovchi fuqaroda koronovirus kasalligi borligi aniqlangan bo‘lib, shu kunning o‘zida ushbu hudud tezkorlik bilan karantinga olingan. 

“Jonobod” MFY tuman markazidan 6 km, aksiya o‘tkazilgan hudud (“Kuygan yor” MFY)dan 12 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, tashkil etilgan piyoda yurish aksiyasida ushbu hududdan hech kim ishtirok etmagan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!