Rasman! Vinisius «Real» bilan shartnomasini uzaytirdi

Rasman! Vinisius «Real» bilan shartnomasini uzaytirdi

Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior Madridning «Real» klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Yangi kelishuv 2032 yilning yoziga qadar amal qiladi.

«Vinisius Junior 2018 yilning iyul oyida 18 yoshida «Real» safiga qo‘shilgan. Klubdagi sakkiz mavsumi davomida u 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: ikki marta Chempionlar ligasi, uch marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, ikki marta UYEFA Superkubogi, uch marta Ispaniya chempionligi, bir marta Ispaniya Kubogi va uch marta Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqdi.

Ushbu sovrinlarning barchasini qo‘lga kiritishda uning o‘yini, golli uzatmalari va hal qiluvchi gollari muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, u Chempionlar ligasining so‘nggi ikki finalida ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Vinisius Junior klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylandi», — deyiladi «Real» rasmiy saytida.

Vinisius 2018 yilning yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Madrid klubiga Braziliyaning «Flamengo» jamoasidan 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

O‘tgan mavsumda hujumchi «Real» safida 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрича, Европа ҳозир Россия билан “