Rasman! Sadio Mane — "Bavariya" futbolchisi

Rasman! Sadio Mane — "Bavariya" futbolchisi

Senegallik vinger Sadio Mane rasman "Bavariya"ga o‘tdi. Bu haqda nemis giganti matbuot xizmati xabar berdi.

Mane "Bavariya" bilan anchadan beri muzokaralar olib bordi va bugun 2025 yilning 30 iyuniga qadar yakuniy shartnoma imzoladi. Kelishuv myunxenliklarga 32 million yevroga tushdi. Bonuslar ham bor.

Sadio Chempionlar ligasi finalidan so‘ng "Liverpul"ni tark etishga qaror qildi va "Bavariya" vinger uchun asosiy da’vogar edi. "Qizillar" safida Mane jami 269 ta o‘yin o‘tkazib, 168 ta samarali harakat qilgan (120+48). Uning "Liverpul"dagi o‘rnini "Benfika" futbolchisi Darvin Nunes egallaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!