Rasman! "PSJ" Ikardi transferini e’lon qildi

Rasman! "PSJ" Ikardi transferini e’lon qildi

Milanning "Inter" klubi hujumchi Mauro Ikardining "Pari Sen-Jermen" futbolchisiga aylanganini e’lon qildi.

Bayonot jamoaning rasmiy saytida e’lon qilingan. Bitim tafsilotlari oshkor etilmadi. OAV xabarlariga ko‘ra, Ikardining transfer narxi 50 million yevroga teng va shartnomada 7 million yevro bonuslar ham bor.

Ikardi 2013 yildan beri "Inter" safida o‘ynab kelmoqda. U Italiya chempionatida jamoaning 188 o‘yinida ishtirok etgan va 111 gol kiritgan.

2019 yil 2 sentyabrda argentinalik ijara asosida PSJga qo‘shilgandi. Endi esa fransuz klubining to‘laqonli futbolchisiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!