Rasman: MYu Krishtianu Ronaldu klubni tark etganini ma’lum qildi

Rasman: MYu Krishtianu Ronaldu klubni tark etganini ma’lum qildi

Klub rasman buni e’lon qildi.

"Manchester Yunayted" klubi rasman Krishtianu Ronaldu klubni tark etganini ma’lum qildi. O‘rtadagi shartnoma tomonlarning roziligi bilan bekor qilingan.

MYu futbolchiga kelajakdagi faoliyatida omad tiladi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu yaqindagina jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu bergandi. Ushbu intervyuda klub manziliga juda ko‘p tanqidlar yog‘dirilgandi. Shundan so‘ng, ko‘pchilik Ronaldu MYuga boshqa qaytmasligini taxmin qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!