Rasman! Ertadan velosipedda harakatlanish taqiqlanadi

Rasman! Ertadan velosipedda harakatlanish taqiqlanadi

KORONAVIRUS KASALLIGIGA QARSHI KURASHISh RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASINING AXBOROTI

Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida ‼️avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turiladi.

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06-00 dan e’tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.

‼️Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!