Rasman! 1 maydan talabalar oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjeti hisobidan qoplab beriladi

Rasman! 1 maydan talabalar oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjeti hisobidan qoplab beriladi

Prezidentning «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalarning ijara to‘lovining yarmi qoplanadi.

Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — BHMning 1 baravaridan, qolgan hududlarda — BHMning 0,5 baravari miqdoridan oshmasligi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!