Ramzan Qodirov Habibga “Axmat” klubi vakili bilan jangni taklif qildi (VIDEO)

Ramzan Qodirov Habibga “Axmat” klubi vakili bilan jangni taklif qildi (VIDEO)

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga “Axmat” klubi vakili bilan jang uchun har qanday gonorar to‘lashga tayyor ekanligini aytdi.

Ramzan Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Habib Nurmagomedov UFC proyekti bo‘lgan.

“Habib – juda yaxshi sportchi, ammo UFC loyihasi. Nurmagomedov - loyiha, chunki u promoushn rahbari Dana Uayt bilan yaxshi munosabatda. U yerda yaxshi janglar bo‘ladi. E’tibor bering, agar kimdir janglarni o‘tkazib yuborsa, ular reytingdan olib tashlanadi, Habibga esa hech qachon tegishmagan”, - deydi Qodirov Instagram sahifasida joylashtirilgan videomurojaatda.

Qodirov “nima uchun Habib Rossiya Federasiyasi yoki Dog‘iston bayrog‘i bilan janglarga chiqmaydi?”, - deb savol beradi.

Murojaat davomida Checheniston rahbari Habibga “Axmat” klubi vakiliga qarshi jang qilishni taklif qildi.

"Men “Axmat”da har qanday vaznni (har qanday vazn toifasidagi jangchi - Sputnik) qo‘yishga tayyorman va agar Habib “Axmat”da chiqish qilsa, men har qanday gonorarni berishga tayyorman. Agar u “Axmat”da jamoadoshimiz bilan jang qilsa, UFCga qaraganda ko‘proq pul to‘lashga tayyorman. Kim g‘olib bo‘lishini ko‘ramiz! Eng kuchli g‘olib bo‘lsin!" - deya xulosa qildi Checheniston rahbari.

Habib Nurmagomedov so‘nggi jangini 2020 yil oktyabrida o‘tkazdi. Unda u amerikalik Jasti Getji ustidan 29-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Habib barcha janglarda g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!