Ramzan Qodirov Yevropada qotillar guruhini shakllantirgan — bloger

Ramzan Qodirov Yevropada qotillar guruhini shakllantirgan — bloger

Suiqasddan omon qolgan chechen blogeri Tumso Abdurahmonovning aytishicha, unga hujum respublika rahbari Ramzan Qodirov tomonidan uyushtirilgan.

Abdurahmonov Shvesiyadagi tergov davomida jinoyat va Checheniston o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganini ta’kidlagan. Biroq, ushbu mamlakat rasmiylari Rossiyaga qarshi har qanday siyosiy choralarni ko‘rishdan bosh tortdilar.

"Albatta, bu Ramzan Qodirovning o‘zi... Siz Ramzan Qodirovning atrofini Ramzan Qodirovning o‘zidan ajrata olmaysiz... Bugun Qodirov Yevropada to‘laqonli qotil mashinaga aylandi", deb hisoblaydi bloger.

Uning fikriga ko‘ra, Checheniston rasmiylari Yevropada o‘zlarining siyosiy raqiblarini yo‘q qilishga tayyor bo‘lgan "butun agentlar tarmog‘iga" ega.

Avvalroq, 11 yanvar kuni Shvesiya sudi Rossiyaning ikki fuqarosini Abdurahmonovning hayotiga suiqasd qilishda aybdor deb topdi va ularni sakkiz va o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bloger Ramzan Qodirovni tanqid qilgani uchun hujumga uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!