Raisiy: SHHT Eron uchun imkoniyat oynasi bo‘ladi

Raisiy: SHHT Eron uchun imkoniyat oynasi bo‘ladi

“Shanxay hamkorlik tashkiloti Eron uchun, Eron ham SHHT uchun imkoniyat oynasidir. Bu haqda ushbu mamlakat Prezidenti Ibrohim Raisiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi ishtiroki yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“SHHT Osiyodagi turli moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarni birlashtira oldi. Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan savdo hajmini hisobga olsak, tashkilotga a’zolik Eron uchun, albatta, foydali bo‘ladi”.

Raisiy davlatini qo‘llaganlarga minnatdorlik bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron geografik joylashuvi tufayli “g‘arb va sharq, janub va shimolni bog‘lovchi ko‘prikka aylanishi mumkin.

“Biz Markaziy Osiyo va qo‘shnilarimiz bilan savdo-iqtisodiy aloqani rivojlantirmoqchimiz”, deya qo‘shimcha qildi Eron yetakchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!