Rahbariyat tasdiqladi: Sulsher "MYu"dan iste’foga chiqariladi

Rahbariyat tasdiqladi: Sulsher "MYu"dan iste’foga chiqariladi

"Manchester Yunayted"ning egasi Joyel Gleyzer klub rahbariyati qaroriga ko‘ra bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarishga ruxsat berdi.

Insayder jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, “Yunayted”ning norvegiyalik mutaxassisning “o‘zaro kelishuv asosida” iste’foga chiqishi haqidagi rasmiy bayonoti tayyor.

Manbaga ko‘ra, texnik direktor Darren Fletcher va murabbiy Maykl Kerrik klub Sulsherga o‘rinbosar topmaguncha jamoani vaqtincha boshqarishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, kecha “MYU” “Uotford”ga imkoniyatni boy bergandi (1:4).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!