Rahbar o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi

Rahbar o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi

☑️ Qarorga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan Prezident oldida shaxsan javobgardir hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.

📊 Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi.

🔰 Bunda:

👉 davlat boshqaruvi organlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi;

👉 har yili ularning faoliyati ko‘rsatkichlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;

👉 faoliyat samaradorligini baholashning asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari tizimli monitoring qilinadi;

👉 monitoring natijalari asosida rahbarlar o‘rinbosarlarining faoliyati Vazirlar Mahkamasida har chorak yakuni bo‘yicha muhokama qilib boriladi;

👉 baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida har bir rahbar o‘rinbosari faoliyatiga baho berish orqali ularga rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.

🖥 Qarorga ko‘ra, vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyatining ko‘rsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platforma ishga tushiriladi.

📝 Shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining har bir o‘rinbosari vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning funksional vazifalariga vakolat va javobgarlik chegarasini aniq belgilash bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!