R yespublikada birinchi bo‘lib surxondaryolik paxtakorlar paxta topshirish rejasini bajardi

R yespublikada birinchi bo‘lib surxondaryolik paxtakorlar paxta topshirish rejasini bajardi

Surxondaryolik paxtakorlar respublikada birinchi bo‘lib 2021 yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi. Fermer xo‘jaliklari tomonidan 246 ming 350 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etilib, belgilangan reja 100,1 foizga uddalandi.

Qayd etilishicha, viloyatda 2021 yilgi mavsumda paxta hosilini yig‘ib-terib olish uchun 2344 ta terim otryadida 164 ming nafardan ortiq terimchi, 1022 ta traktor va 2028 ta tirkama faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, viloyatning 13 ta tumanida 10 ta paxta-to‘qimachilik klasteri ham bu borada o‘ziga yuklatilgan vazifani bajargan.

«2021 yilda belgilangan rejani 107 foizga bajarib, 56 ming tonna paxta hosilini oldik. Bu rejaga nisbatan 4 ming tonnaga ko‘p, hosildorlik esa 37,4 sentnerga yetkazildi. Ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi, intensiv agrotexnologiyalarning keng joriy etilishi yuqori hosildorlikka erishish uchun asosiy omil bo‘ldi», — deydi Termiz Jayhun Cluster MCHJ paxta klasteri rahbari Akbar Husanov.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatning Qumqo‘rg‘on tumani paxtakorlari — 29 ming 994 tonna, Sherobod — 26 ming 206 tonna, Muzrabot — 29 ming 943 tonna, Jarqo‘rg‘on — 26 ming 173 tonna, Oltinsoy — 9 ming 490 tonna, Sariosiyo tumani — 7 ming 146 tonna, Bandixon — 11 ming 368 tonna, Sho‘rchi — 20 ming 752 tonna, Termiz — 8 ming 4 tonna, Uzun — 10 ming 192 tonna, Denov — 32 ming 140 tonna, Angor — 16 ming 542 tonna, Qiziriq tumani 19 ming 495 tonna paxta topshirib, xirmonga munosib hissa qo‘shgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!