Quyoshda «noyob» chaqnash yuz berdi

Quyoshda «noyob» chaqnash yuz berdi

Quyoshda o‘rta sinf darajasidagi chaqnash yuz berdi. Magnit bo‘roni bo‘lishi kutilyapti.

Fanlar akademiyasi Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qilishicha, Amerikaning GOES-16 sun’iy yo‘ldoshidan olingan ma’lumotlar asosida Moskva vaqti bilan soat 2.19 dan 2.59 gacha «M» sinfidagi chaqnash qayd etilgan. Chaqnash faollik indeksi yashildan sariq darajasigacha ko‘tarilgan.

Laboratoriya rahbari Sergey Kuzinga ko‘ra, chaqnash xavfli emas, ammo ikki yoki uch kundan keyin u Yer magnetosferasida magnit bo‘ronini keltirib chiqarishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!