"Qo‘yliq" bozorida 188 kg sifatsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi

"Qo‘yliq" bozorida 188 kg sifatsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi

Toshkent shahridagi "Qo‘yliq" dehqon bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarining savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xizmatning Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi sanitariya-gigiyenasi bo‘linmasi mutaxassislari va ishchi guruh tomonidan tumandagi "Qo‘yliq" AJ dehqon bozorida belgilangan tartibda sanitariya nazorati o‘tkazilgan

Bozor xodimlari bilan olib borilgan tadbir natijasida sifati buzilgan 188 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlari savdosi aniqlangan. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar savdosi bekor qilinib, o‘rnatilgan tartibda bartaraf etilgan. Go‘sht mahsulotlari Toshkent shahar IIBning kinologiya bo‘limiga topshirilgan.

"Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan bozor ma’muriyati, javobgar shaxslar va fuqarolarga ovqatdan zaharlanish va uni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Profilaktik suhbat o‘tkazilib, VSEL xodimlari tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli chora ko‘rildi" deyiladi xabarda.

"Qo‘yliq" bozorida 188 kg sifatsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi

"Qo‘yliq" bozorida 188 kg sifatsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi

"Qo‘yliq" bozorida 188 kg sifatsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi

"Qo‘yliq" bozorida 188 kg sifatsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi

"Qo‘yliq" bozorida 188 kg sifatsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!