Quvurdan ayolning jasadi topildi: uni 24 soat avval o‘ldirib ketishgan

Quvurdan ayolning jasadi topildi: uni 24 soat avval o‘ldirib ketishgan

Moskva yaqinidagi qishloq quvuridan ayol kishining jasadi topildi. O‘lim badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.

46 yoshli ayolni o‘ldirishda gumon qilinib, uning 45 yoshli xonadoshi hibsga olingan, deya xabar beradi "Rosbalt" Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib.

Ayolning jasadi 5 aprel kuni Minino qishlog‘ida joylashgan xususiy uy yaqinidagi quvurdan topilgan. Jasad topilganida ayolning 24 soat oldin o‘lgani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, boshga yetkazilgan og‘ir jarohat o‘limga sabab bo‘lgan.

Qo‘lga olingan shaxs so‘roq paytida janjal oqibatida ayolni o‘ldirganligini tan olgan. Yaqin kunlarda unga ayblov e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!