Quvayt parlamenti rasman tarqatib yuborildi

 Quvayt parlamenti rasman tarqatib yuborildi

Quvayt valiahd shahzodasi shayx Mashaal al-Ahmed al-Jobir as-Saboh seshanba kuni amirning mamlakat Milliy majlisini (parlamentini) rasman tarqatib yuborish haqidagi farmonini imzoladi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Quvayt axborot agentligi xabariga ko‘ra, valiahd shahzoda farmonda parlamentni tarqatib yuborish mamlakat birligiga tahdid soluvchi mavjud bo‘linish va kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilganini ta’kidlagan.

22 iyun kuni Mashaal al-Ahmed al-Jobir as-Saboh Quvayt amiri shayx Navaf al-Ahmed al-Jobir as-Saboh nomidan televideniye orqali chiqish qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatning doimiy aralashuvi, ma’muriy organlar faoliyatida va ma’muriy organlarning o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarning uzilishiga olib keldi, bu esa milliy birlikka xavf tug‘diradi va xalq manfaatlariga mos kelmaydi.

Konstitusiyaga muvofiq, Milliy Assambleyani tarqatib yuborish va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘tgan yilning 15 noyabrida shayx N. al-Ahmed al-Jobir as-Sabohning farmoni bilan Quvayt valiahd shahzodasiga amirning konstitusiyaviy vazifalarining bir qismi o‘tkazildi.

10 mayda M. al-Ahmed al-Jobir as-Saboh amirning farmoni bilan vazirlar mahkamasining jamoaviy iste’foga chiqishini ma’qulladi va yangi hukumat tuzilgunga qadar dolzarb masalalarni hal etishda davom etishni so‘radi.

24 iyul kuni valiahd shahzoda Ahmad Navaf al-Ahmed Al-Sabahni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi amir farmonini imzolab, unga yangi vazirlar mahkamasini shakllantirishni topshirdi.

1 avgust kuni Quvayt bosh vazir A.Navof al-Ahmed as-Sabah boshchiligida 12 kishidan iborat hukumat tuzilganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!