Quvasoyda IIB xodimini haqorat qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Quvasoyda IIB xodimini haqorat qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 21:00 larda Quvasoy shahar X.Olimjon MFY, Sarbazor ko‘chasi hududida Quvasoy shahar IIB JXX HPB profilaktika inspektori Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining hukmi bilan 4 yil 2 oy 8 kun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan YU.D ismli ayolning maqsadsiz yurganligini aniqlab, ushbu holatni belgilangan tartibda rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan.

Biroq, YU.D ismli ayol sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tab kelayotgan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, sud tomonidan unga belgilangan sutkaning soat 19:00 dan soat 06:00 ga qadar u yoki bu sabab bilan yashash joyini tark etishi haqidagi talabini buzib, yashash joyini tark etib, ushbu holatni aniqlagan profilaktika inspektori o‘z xizmat burchini bajarayotgan vaqtida qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ko‘pchilik fuqarolar oldida sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!