Quvasoy shahrida xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Quvasoy shahrida xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Quvasoy shahar. 30 iyul kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Hilol ko‘chasida yashovchi Q.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!