Quvada MMTP ga qarashli yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Quvada MMTP ga qarashli yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam tovlamachilik jinoyati uchun sudlangan fuqaro A.O. noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, tumandagi “A.” MMTPga qarashli 3 sotix yer maydonini fuqaro I.ga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!