Qo‘shma Shtatlar fevral oyidan beri Ukrainaga 236 ta artilleriya tizimini yetkazib bergan

Qo‘shma Shtatlar fevral oyidan beri Ukrainaga 236 ta artilleriya tizimini yetkazib bergan

Bu haqdagi ma’lumotlar AQSh Davlat departamenti saytida e’lon qilingan.

Ukraina, xususan, 142 ta 155 mm M777A2 gaubisa va 36 ta 105 mm gaubisa qabul qilib olgan. Shuningdek, 38 ta HIMARS reaktiv tizimli raketalar va 20 ta 120 mm minomyotlar yetkazib berilgan.

AQSh Qurolli Kuchlari transport qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev, shuningdek, 1 milliondan ortiq artilleriya snaryadlari, zirhli nishonlarga qarshi kurashish uchun 108,5 mingta ko‘chma raketa kompleks tizimlari, 1,4 mingta portativ havo hujumidan mudofaa tizimlari, 15 vertolyot, 46 radar, 10,2 mingta avtomatlar va to‘pponchalar, 70 milliondan ortiq o‘q-dorilar va 26 patrul katerlari olgan.

Ukrainaga jami 88 ming tonnadan ortiq qurol va harbiy texnika yetkazib berildi. Fevral oyi oxiridan beri AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordamining umumiy miqdori 21,5 milliard dollarga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!