Qo‘shma Shtatlar Yevropaga elita havo-desant bo‘linmasini yuborishga qaror qildi

Qo‘shma Shtatlar Yevropaga elita havo-desant bo‘linmasini yuborishga qaror qildi

Qo‘shma Shtatlar "NATOning sharqiy qanotini himoya qilish" uchun elita 101-havo-desant diviziyasini Yevropa mamlakatlariga joylashtirishga qaror qildi.

“80 yildan so‘ng “Qichqiriq burgutlari” nomi bilan mashhur bo‘lgan 101-havo desant diviziyasi Yevropaga qaytadi”, — deyiladi AQShning NATOdagi missiyasi Twitter sahifasida.

Qayd etilishicha, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya va Slovakiya hududlariga “NATOning sharqiy qanotini himoya qilish” va alyansning “raqiblarini ushlab turish” uchun 2,4 mingga yaqin harbiy xizmatchilar joylashtiriladi.

Avvalroq AQSh quruqlikdagi kuchlari matbuot xizmati kuzda 260 ga yaqin amerikalik askar Yevropaga NATOdagi “Evropa ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash” uchun yuborilishini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!