Qushbegi massividagi sexda yong‘in chiqdi

Qushbegi massividagi sexda yong‘in chiqdi

Poytaxtning Yakkasaroy tumani Qushbegi massivida joylashgan sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar Favqulodda vaziyatlar vazirligining  navbatchilik qismiga 18 aprel kuni soat 20:46 da kelib tushdi. Bir zumda voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib bordi. 21:21 da yong‘in qurshab olinib, 21:41 da to‘liq o‘chirildi.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!