"Qur’on"ning yoqilishi namoyishlarga sabab bo‘lmoqda. Shvesiya bayrog‘i yoqib yuborildi

"Qur’on"ning yoqilishi namoyishlarga sabab bo‘lmoqda. Shvesiya bayrog‘i yoqib yuborildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida "Qur’on"ni yoqishga ruxsat berilganiga munosabat bildirdi.

“Stokgolmda "Qur’oni Karim"ning yoqib yuborilishi jinoyatidir. Biz buni keskin qoralaymiz.

Bizning barcha ogohlantirishlarimizga qaramay, bu harakatga ruxsat berish nafrat jinoyatlari va islomofobiyani rag‘batlantirishdir.

Muqaddas qadriyatlarga tajovuz - bu erkinlik emas, balki zamonaviy vahshiylik", dedi Kalin.

Shuningdek, ayni damda "Quroni Karim"ning yoqilgani namoyishlarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, g‘azablangan namoyishchilar Shvesiyaning Istanbuldagi elchixonasi oldida Shvesiya bayrog‘ini yoqib yuborishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!