Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi

Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining «Buxoro aeroporti» chegara bojxona postida xorijdan uchib kelgan fuqaro X.J. yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti harakati bojxonachilar e’tiborini tortdi. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida, uning yuklari orasida pnevmatik to‘pponcha, gaz balloni va 500 dona metall sharikli o‘qlar borligi aniqlandi.

Namangan xalqaro aeroportida ham “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan yo‘lovchilardan fuqaro K.A. qiymati 4 mln. so‘mlik pnevmatik qurolni tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirishga uringanligi fosh bo‘ldi.

Yana bir fuqaro A.I. esa sumkasi ichida bojxona nazoratidan yashirgancha ov quroli uchun mo‘ljallangan 25 dona gilzalarni olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Sirdaryo viloyatidagi “Malik” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan, qo‘shni davlat fuqarosi G.S. boshqaruvidagi yengil avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, yukxonadagi kiyim cho‘ntaklarida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, 22 dona 12 kalibrli ov quroli patronlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida fosh qilingan holatda esa, qo‘shni davlat fuqarosi M.A. o‘z boshqaruvidagi avtotransport vositasining old o‘rindiqlari o‘rtasidagi idish qo‘yish uchun mo‘ljallangan joyda 2 dona 12 kalibrli ov miltig‘i patronlarini olib kirishga uringani aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!