Qo‘qonda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yil 28 mart kuni Qo‘qon shahar, A.T.Xuqandiy mavzesida yashovchi X.N. (1979 y.t., xususiy korxona rahbari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati) Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib,  “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruhlar a’zolariga Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxsda “Koronavirus” kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida jonli tarzda audio yozuvi orqali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 31.03.2020 yil kuni X.N.ga nisbatan  JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!