Qo‘qon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi

Qo‘qon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi

Musobaqa Sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog‘li kurash assosiasiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi va Farg‘ona viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Muqimiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan mazkur chempionatda yurtimiz vakillaridan tashqari Rossiya, Belarus, Moldova, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya, Isroil, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin davlatdan qariyb 300 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Qo‘qon shahri mezbonlik qiladigan ushbu jahon chempionati belbog‘li kurash qoidalariga ko‘ra o‘tkazilib, unda o‘smirlar 42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg hamda 95 kilogrammdan yuqori vazn toifalarida bellashsa, qizlar 44, 48, 52, 57, 63, 70 kg va 70 kilogrammdan yuqori vaznlarda g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

«Qo‘qon va sport» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 216 million so‘mni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!