Qumqo‘rg‘onda elektrovoz hamda yuk avtomobili to‘qnashdi

Qumqo‘rg‘onda elektrovoz hamda yuk avtomobili to‘qnashdi

2021 yil 9 sentyabr kuni soat 09:20 larda Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, Azlarsoy MFY hududidan o‘tgan temir yo‘l kesishmasida fuqaro A.Y. boshqaruvidagi №0203-raqamli elektrovoz hamda haydovchi B.B. boshqaruvidagi "HOWO" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida yuk avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Hodisa joyiga tuman IIB tezkor-tergov guruhi chiqib, voqea tafsilotlarini o‘rgangan va holat o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilib, yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!