Qrimda yashirin safarbarlik davom etmoqda — Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

 Qrimda yashirin safarbarlik davom etmoqda — Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining kechki hisobotiga ko‘ra, Qrimda aholini yashirin safarbar qilish bo‘yicha harakatlar olib borilayapti, 21 noyabrda chaqiruv qog‘ozlarini topshirish boshlangan.

Shuningdek, Ukraina tomoni Rossiya armiyasi Baxmut va Avdeevka yo‘nalishlarida hujum uyushtirayotgani, Kupyansk, Liman, Zaporojye, Krivoy Rog va Xerson yo‘nalishlarida esa himoya va qatlamli mudofaa tizimini yaratish, istehkomlar qurish va moddiy-texnik ta’minotni yaxshilash ishlari olib borilayotganini xabar qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!