Qozog‘istonning sobiq muftiysi Absattar Derbisali 73 yoshda vafot etdi

Qozog‘istonning sobiq muftiysi Absattar Derbisali  73 yoshda vafot etdi

Qozog‘istonning sobiq muftiysi Absattar Derbisali vafot etdi, deb xabar beradi Kazinform. Bu haqda bugun Qozog‘iston Axborot va jamiyatni rivojlantirish vaziri Aida Balayeva ma’lum qilgan.

«Taniqli dinshunos, sharqshunos, islomshunos olim Absattar hoji Derbisalining vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. Bu butun qozoq ma’naviyati uchun katta yo‘qotish. Absattar Bag‘isbayuli butun umrini axloq-odobga bag‘ishladi va olijanob dinimizning haqiqiy yo‘lini odamlarga yetkazish uchun beqiyos ishlarni amalga oshirdi. Mamlakatning bosh muftiysi bo‘lganida, hoji og‘amiz bilan xizmat yuzasidan uchrashardim. U har doim o‘zining keng xarakteri, chuqur bilimi, aqlli tabiati bilan ma’naviyat cho‘qqisidan ko‘zga tashlanib, mamlakatda millatlararo totuvlik va dinlararo tinchlikni rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan. Absattar Hoji og‘amizning intellektual tabiati, uning Vataniga qilgan xizmatlari, ma’naviy asarlari, xalqni e’tiqod yo‘liga chorlashdagi dono so‘zlari – xalqi tomonidan bitmas-tuganmas ma’naviy boylik sifatida hech qachon unutilmaydi. Marhumning yotgan joyi yorug‘ bo‘lsin, oxirati obod bo‘lsin!» – deb yozdi vazir o‘zining Instagram sahifasida.

Absattar Derbisali 73 yoshda edi. U 2000-2013 yillarda Qozog‘iston musulmonlari idorasini boshqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!