Qozog‘istondagi namoyish davlat binolarini egallab olishlari kerak edi — Ablyazov

Qozog‘istondagi namoyish davlat binolarini egallab olishlari kerak edi — Ablyazov

Qochqin bankir Ablyazov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Kiyevdagi muvofiqlashtiruvchi shtab ishi Qozog‘istondagi birinchi chiqishlardan so‘ng darhol faollashdi. Namoyishchilar ushbu shtabga qo‘ng‘iroq qilishdi va ularga algoritmga qat’iy rioya qilish tavsiya qilindi. Bir tomondan, bu algoritm tinch norozilik namoyishlarini o‘tkazishga chaqirsa, boshqa tomondan, ma’muriy binolarni egallab olishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, u 225 kishi halok bo‘lgan tartibsizliklarni, bir qator talonchilik va davlat muassasalariga hujumlarni davlat to‘ntarishiga urinish deb hisoblamaydi va barcha chiqishlar tinch o‘tganini ta’kidlaydi.

«Davlat to‘ntarishi - bu biz konstitusiyaga zid bo‘lmagan, harbiy yo‘l bilan harakat qilganimizda... Mana, bu mitinglarning barchasi bizning konstitusiyaviy huquqimiz», deb hisoblaydi Muxtor Ablyazov.

Ablyazovning o‘zi ham ko‘p yillardan buyon xorijda yashaydi. Qozog‘istonda sud uni jinoiy hamjamiyat yaratish va bank mablag‘larini o‘zlashtirishda aybdor deb topdi, yetkazilgan zarar 7,5 milliard dollardan oshadi. Ablyazov boshchiligidagi ro‘yxatga olinmagan «Qozog‘iston demokratik tanlovi» harakati mamlakatda ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan. Bundan tashqari, Ablyazov 2004 yilda biznes sherigini o‘ldirishda ayblanib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!