Qozog‘istondagi mojarolar tufayli O‘zbekiston parvozlardan birini bekor qildi

Qozog‘istondagi mojarolar tufayli O‘zbekiston parvozlardan birini bekor qildi

“Uzbekistan Airways” AJ Oqtovga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

"Oqtov xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi munosabati bilan, 2022 yil 5 yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-9725/9726 Urganch – Oqtov – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlari bekor qilindi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.

Yo‘lovchilar 5 yanvar kuniga Oqtovga bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz", deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!