Qozog‘istondagi KXSHT kuchlari tartib o‘rnatmaydi - Kalashnikov

Qozog‘istondagi KXSHT kuchlari tartib o‘rnatmaydi - Kalashnikov

KXSHT (ODKB) Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot raisi Pashinyan shunday dedi:

"KXSHT kontingenti vaziyatni barqarorlashtirish uchun vaqtincha Qozog‘istonga kiritiladi".

Shuningdek. Qozog‘istondagi KXSHT kuchlari tartib o‘rnatmaydi – ularning vazifasi harbiy infratuzilma va boshqa ob’ektlarni himoya qilishdan iborat.

Jinoiy guruhlar bilan esa, mahalliy xavfsizlik kuchlari kurashadi, dedi Davlat Dumasining MDH bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Kalashnikov RIA Novosti nashriga.

“Shuningdek, Boyqo‘ng‘ir va boshqa tuzilmalar ham borki, ularni bezori to‘dalardan qo‘riqlash kerak va kerak bo‘lsa, himoya qilish kerak. Shuning uchun ham KXSHT mavjud — nafaqat tashqi hujumlardan, balki shu kabi unsurlardan ham himoya qilishi lozim“, — deya tushuntirdi u.

Uning aytishicha, KXSHT qo‘shinlari mamlakat hukumati ularni olib chiqishni so‘ramaguncha Qozog‘istonda qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!