Qozog‘istondagi eng katta bukmekerlik kompaniyalaridan biri yopib qo‘yildi

Qozog‘istondagi eng katta bukmekerlik kompaniyalaridan biri yopib qo‘yildi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) “Olimp” bukmekerlik kompaniyasi faoliyati tugatilganini ma’lum qildi.

Qo‘mitaning Olmaota departamenti prokuratura organlari bilan birgalikda “Olimp” bukmekerlik kompaniyasi tomonidan qimor biznesini tashkil etish bo‘yicha sudgacha tergovni jarayonlarini boshlagan.

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati

Tergovchilarning ta’kidlashicha, kompaniya Qozog‘iston Respublikasining amaldagi qonunchilik normalarini buzgan holda, internet resurslari orqali soliq to‘lamasdan lisenziyalanmagan faoliyat turidan daromad olgan.

“Qozog‘istondan noqonuniy pul yuvish kanallari aniqlandi va yopildi. Moliyaviy jinoyatlar sohasiga tegishli boshqa harakatlar qayd etildi. 2019 yilning 29 noyabrida Olmaota ixtisoslashgan tumanlararo sudi “Olimp” bukmekerlik kompaniyasi savdo belgisi ostidagi TOO Only bet hamda TOO Alpha bet'larga berilgan amaldagi lisenziyani olti oy muddatga to‘xtatib qo‘ydi”, deyiladi MXQ xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilingan edi.

Loyihada 2021 yildan boshlab futbolni rivojlantirish, uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan.

Ushbu qaror mamlakatimizda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi: Musulmonlar idorasi pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlarning katta gunoh ekanligini eslatib o‘tgan bo‘lsa, Prezident maslahatchisi «Biz dunyoviy davlatmiz. Kim xohlasa o‘ynaydi…», - deya ushbu qaror loyihasini yoqlab chiqqan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!