Qozog‘istonda o‘zbek uranini sotishga uringanlar qo‘lga olindi

Qozog‘istonda o‘zbek uranini sotishga uringanlar qo‘lga olindi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekistonda qazib olingan radioaktiv uranni sotishga uringan jinoiy guruhning qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi, deb yozadi Liter.kz qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib.

Maxsus operasiya ishtirokchisi O‘zbekistondagi uran konidan o‘ta xavfli yadroviy materiallar chegaradan olib o‘tilayotgani haqida xabar bergan. Ma’lum bo‘lishicha, qozog‘istonlik uran-235 va uran-238ning katta partiyasi uchun xaridor qidirayotgan ekan. Ushbu moddalarning bir kilogrammi kuchli portlashni keltirib chiqarishi mumkin.

Tezkor xodimlar sotuvchini kuzatib, butun kontrabanda yo‘li, sheriklari va uran manbasini aniqlashgan. To‘qqiz oy o‘tgach, maxfiy xizmat xodimlari sotuvchini sotayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olishgan. Sotuvchi bir kilogramm uran uchun 200 ming dollar so‘ragan.

Sotuvchilar qozoq va o‘zbek maxsus xizmatlari hamkorligida qo‘lga olingan. Jinoyatchilar 860 gramm tovarni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!