Qozog‘istonda o‘rtacha ish haqi qancha?

Qozog‘istonda o‘rtacha ish haqi qancha?

Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi choragida Qozog‘istonda bir ishchining o‘rtacha oylik nominal ish haqi 230 829 tengeni tashkil etdi, deb xabar berdi Kazinform internet nashri.

Ta’kidlanishicha, nominal ish haqi indeksi 2020 yilning mos choragiga nisbatan 115,2%, real indeks – 107,4% ni tashkil etgan.

Tarmoq tuzilmasida eng yuqori nominal ish haqi tog‘-kon sanoati va karer qazib olish sanoatida qayd etildi – 509,8 ming tenge (o‘rtacha respublika ko‘rsatkichidan 2,2 baravar yuqori), moliya va sug‘urta – 420,8 ming tenge (1,8 baravar), kasbiy sohada, ilmiy va texnik faoliyat – 345,7 ming tenge (1,5 baravar), axborot va kommunikasiya sohasida – 328,1 ming tenge (mos ravishda 1,4 baravar). Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohalarida o‘rtacha oylik nominal ish haqining past darajasi qayd etildi – 116,1 ming tenge.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitob ko‘ra, 1 qozoq tengesi 24 so‘m 54 tiyinga to‘g‘ri kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!