Qozog‘istonda So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami 1 iyunga ko‘chirildi

Qozog‘istonda So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami 1 iyunga ko‘chirildi

1 iyun kuni Qozog‘iston o‘quvchilari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan birga so‘nggi qo‘ng‘iroq bayramini ham nishonlaydi.

Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim-maorif vazirligining O‘rta ta’lim qo‘mitasi raisi Gulmira Karimova ma’lum qildi.

"Bu yildan boshlab o‘quv yili 31 mayda tugaydi. 1 iyun yozgi ta’tilning boshlanishi, “so‘nggi qo‘ng‘iroq” ham shu yerda bo‘lib o‘tadi”, — dedi o‘rta ta’lim qo‘mitasi raisi Gulmira Karimova.

Qozog‘iston maktablarida o‘quv yilining davomiyligi 36 hafta.

Shuningdek, 31 may maktab kuni deb hisoblanishi, bundan tashqari, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!