Qozog‘istonda «Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan shifokor» unvoni joriy etiladi

Qozog‘istonda «Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan shifokor» unvoni joriy etiladi

Qozog‘izton poytaxtida joylashgan «Altin jүrek» (Oltin yurak) monumentining ochilish marosimida ishtirok etgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev «Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan shifokor» unvonini joriy etishni taklif qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, «Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan shifokor» unvoni tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi mavqeini oshirish uchun joriy etiladi. Unvon bilan birga moddiy mukofot ham mavjud. Uning hajmi Hukumat tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari, Qasim-Jomart Toqayev sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmat yosh avlod uchun obro‘li va jozibali bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Prezident shuningdek, o‘rta darajadagi tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash masalasiga to‘xtaldi.

Prezident o‘z nutqida Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Biz birgamiz» aksiyasi doirasida pandemiyaga qarshi kurashga katta hissa qo‘shgan ko‘ngillilar va mesenatlarning ishlarini alohidai ta’kidladi.

Qasim-Jomart Toqayev barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi va «Altin jүrek» (Oltin yurak) monumenti joylashgan bog‘ga «Shifokorlar xiyoboni» deb nom berishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!