Qozog‘istonda portlagan harbiy omborda 500 tonna portlovchi modda saqlangan

Qozog‘istonda portlagan harbiy omborda 500 tonna portlovchi modda saqlangan

Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vakili Talgat Uali ma’lum qildi.
Qozog‘iston mudofaa vazirligi 26 avgust kuni kechqurun Jambul viloyatida harbiy qism omborida portlash sodir bo‘lgani haqda xabar berdi. Xabarda aytilishicha, omborda o‘q-dorilar bo‘lgan. Kamida oltita portlash sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Viloyat ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 66 kishi jarohat olib kasalxonaga keltirilgan, ularning 12 nafari harbiy xizmatchilar bo‘lgan. Harbiy qism atrofidagi qishloqlardan aholi zudlik bilan ko‘chirilgan.

Yong‘in ertalab ham davom etayotgani ma’lum qilindi.

Qozog‘iston mudofaa vazirligi omborga o‘t qo‘yilgan, degan versiyani ham hisobdan chiqargani yo‘q, dedi respublika mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev.

"Barcha sabablarni ko‘rib chiqyapmiz, jumladan, xavfsizlik talablariga amal qilinmaslik, o‘zi alanga olgan, kimyoviy reaksiyaga kirishgan, shuningdek, atay yoqish yoki qo‘poruvchilik ehtimoli ham ko‘rib chiqilyapti", - dedi vazir matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!