Qozog‘istonda piyoz yuklab Rossiyaga ketayotgan 23 ta yuk mashinasi to‘xtatib qolindi

 Qozog‘istonda piyoz yuklab Rossiyaga ketayotgan 23 ta yuk mashinasi to‘xtatib qolindi

Qozog‘iston rasmiylari piyoz ortilgan 23 ta yuk mashinasining Rossiya hududiga chiqib ketishiga ruxsat berishmagan.

KazTAG xabariga ko‘ra, Chimkent, Jambil va Turkiston viloyatlarida yo‘lga chiqqan G‘arbiy Qozog‘iston viloyati orqali Rossiyaga o‘tib ketmoqchi bo‘lib turganida to‘xtatib qolingan.
Tutib qolingan yuk egalariga qaytarilishi yoki Qozog‘istonning boshqa joylari sotilishi aytilmoqda.

Avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlarida havo haroratining keskin pasayib ketishi ortidan piyoz doxil ko‘plab meva-sabzavotlar muzlab qolayotgani, buning ortidan bozorlarda narxlar oshib, ayrim joylarda taqchillik kuzatilayotgan xabar qilingan. Shu munosabat bilan Qozog‘iston joriy yilning 28 yanvaridan e’tiboran piyoz eksportiga uch oylik cheklov joriy qilgan.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham qariyb ikki hafta muqaddam yil boshidan 4 oyga piyoz eksport qilishga vaqtincha cheklov o‘rnatilganini ochiqlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!