Qozog‘istonda parlament deputatlarining navbatdan tashqari saylovi belgilandi

Qozog‘istonda parlament deputatlarining navbatdan tashqari saylovi belgilandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yettinchi chaqiriq Qozog‘iston parlamenti Majlisini tarqatib yubordi, shuningdek, 2023 yil 19 martga parlament deputatlarining muddatidan oldin saylovlarini belgiladi, deb xabar berdi Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati.

«Deputatlarning yangilangan tarkibi bundan keyin ham xuddi shu formatda ish olib borishiga va mamlakatimizni har tomonlama modernizasiya qilishga yangi sur’at bag‘ishlashiga umid bildiraman. Majlis deputatlarining navbatdan tashqari saylovi 2023 yil 19 martda bo‘lib o‘tadi», — dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parlamentga navbatdan tashqari saylovlarni o‘tkazish fuqarolar tomonidan umumxalq referendumida qo‘llab-quvvatlangan konstitusiyaviy islohot mantig‘idan kelib chiqadi.

«Endi parlament deputatlarining 70 foizi partiyaviy ro‘yxatlar bo‘yicha, 30 foizi esa bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylanadi. Aralash saylov tizimiga ko‘ra, 50/50 nisbatda viloyatlar va respublika ahamiyatiga molik shaharlar maslahatiga deputatlar saylovi ham o‘tkaziladi. Tumanlar va viloyat ahamiyatidagi shaharlar maslahatiga saylovda esa fuqarolar faqat bir mandatli okruglar bo‘yicha nomzodlar uchun ovoz beradi», — dedi To‘qayev.

Unga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi va Bosh prokuratura tomonidan bo‘lajak saylovning qonunchilikka rioya etilishi, shaffof va adolatli o‘tishi qat’iy nazoratga olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!