Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina olgan shifokor ayol vafot etdi

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina olgan shifokor ayol vafot etdi

Olmaotada 7 aprel kuni shifokor ayol koronavirusga qarshi vaksina qabul qilganidan ikki kun o‘tib uyida yiqilib, vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga yurak tomirlari kasalligi sabab bo‘lgan, deb yozadi Tengrinews.kz.

Olmaota shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda epidemiologik tekshiruv o‘tkazdi, ixtisoslashgan mutaxassislar jalb qilindi.

«Tekshiruv natijasida bemor Rossiyada ishlab chiqarilgan Sputnik V vaksinasining birinchi komponenti bilan emlanganligi aniqlandi. Ayol ilgari yurak-qon tomir tizimining surunkali kasalliklari bilan kasallangan va dispanserda ro‘yxatdan o‘tgan», - deyiladi qo‘mita xabarida.

O‘lim sababini aniqlash uchun rejadan tashqari tekshiruv o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, ushbu vaksina bilan emlangan qolgan bemorlarning ahvoli yomonlashmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!