Qozog‘istonda jinoiy guruh ushlandi. Ular prezidentlik saylovlari kuni tartibsizlik uyushtirishni rejalashtirgan

Qozog‘istonda jinoiy guruh ushlandi. Ular prezidentlik saylovlari kuni tartibsizlik uyushtirishni rejalashtirgan

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi prezidentlik saylovlari kuni tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

“17 noyabr kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi prokuratura ko‘magida 20 noyabr kuni ommaviy tartibsizliklarni rejalashtirish va uyushtirish bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Maxsus operasiya natijasida 7 kishi qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasi 2-qismi va 272-moddasi 1-qismi bilan tergov harakatlari olib borilgan.

Ashyoviy dalillar qo‘lga olinganlarning yashash joylaridan topilgan.

“Ular ommaviy tartibsizliklar, davlat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning ma’muriy binolariga, muhim ob’ektlarga qurol va o‘t qo‘yuvchi aralashmalardan foydalangan holda hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishgan”, — deyiladi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari qurol-yarog‘ — Kalashnikov avtomati, Merkel miltig‘i, ikkita silliq o‘qli miltiq, o‘q-dorilar, molotov kokteyli suyuqlik butilkalari, benzin qutilari, rasiyalar, shuningdek, jihozlar omborini jamlagan.

Gumonlanuvchilar ushlanib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!