Qozog‘istonda ikkinchi odam koronavirusning "hind shtammi"ni yuqtirdi

Qozog‘istonda ikkinchi odam koronavirusning "hind shtammi"ni yuqtirdi

Olmaota shahrida ikkinchi odam koronavirusning "hind shtammi"ga chalindi. Bu haqda zakon.kz xabar bermoqda.

24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Olmaota sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Laura Mirzagalidan bemorning uyida kimdir virusga chalinganmi yoki yo‘qmi, deb so‘rashdi.

"Hozir bizda faqat ikkita bemor bor — 1983 yilda tug‘ilgan ayol va 2013 yilda tug‘ilgan bola. Ular yuqumli kasalliklar shifoxonasida", dedi u.

Avvalroq bemor uy bekasi ekanligi xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!